Xariddan keyin: birinchi non va xavfsiz bosimli qozon
Birinchi nonni qanday pishirish, bosimli qozondan qanday foydalanish va texnikani parvarish qilish.
1. Tayyorgarlik
Qadoq va plyonkalarni olib tashlang, idish yoki qolipni yuving va yoʻriqnomani oʻqing: unda birinchi marta masalliqsiz ishga tushirish kerak-kerakmasligi yozilgan.
2. Birinchi non
Modelning retseptlar kitobidan retsept oling va masalliqlarni koʻrsatilgan tartibda soling. Un, suv va xamirturushni aniq oʻlchang. Non pishgach, kesishdan oldin uning sovishini kuting.
3. Bosimli qozon
Idishni maksimum belgisidan yuqori toʻldirmang. Har safar pishirishdan oldin qopqoqdagi klapan va zichlagich toza hamda joyida ekanini tekshiring. Bosim chiqarib yuborilmaguncha qopqoqni ochmang — tartibi yoʻriqnomada yozilgan.
4. Parvarish
Yopishmaydigan qoplamali idish va qolipni metall gubkasiz, yumshoq gubka bilan yuving. Korpusni nam salfetka bilan arting va suvga botirmang.
Rahmat — inobatga olamiz!
Nima tushunarsiz boʻldi yoki nima yetishmadi? Yozing — javob beramiz va matnni tuzatamiz. Telegramda yozish
